“Manchester Yunayted” klubi “Real” yarim himoyachisi Garet Beylni sotib olishga urinishni to‘xtatmayapti. beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmerining xabar berishicha, mankunianliklar Beyl uchun 100 million yevro taklif qilgan, deb yozadi “Uff.uz”.
“‘Manchester Yunayted’ klubi ‘Real’ga Garet Beyl uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ taklif qildi. Hozircha ‘Real’ bu taklifga javob berganicha yo‘q”, — deydi Palmeri.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar biroz vaqt muqaddam “MYu”ning Beyl borasidagi taklifini rad etgan edi. “Real” ikki yil muqaddam Beylni “Tottenxem”dan 85 million funt evaziga sotib olgan edi.
Izoh (0)