Neft narxi kelasi haftadanoq oshishni boshlashi mumkin. Bu haqda “LUKOYL” kompaniyasi vitse-prezidenti Leonid Fedun telekonferensiya chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, OPEK va AQSh o‘rtasidagi narxlar urushi “o‘tkir davr”ga o‘tdi va unda tez orada burilish yuz beradi.
U barcha yirik kompaniyalar neft qazib olishni to‘xtatib, ushbu sektorga mablag‘ kiritishni kamaytirganiga e’tibor qaratdi.
“Uchinchi chorakdan kreditlar uchun garov bo‘lgan zaxiralarni ommaviy ravishda hisobdan chiqarish rejalashtirilmoqda”, — dedi vitse-prezident mayda kompaniyalar bozordan chiqib keta boshlagach, OPEK neftni “ushlab o‘tirish”dan to‘xtashini ta’kidlar ekan.
Izoh (0)