Ispaniyaning San-Kristobal-de-Sea shahrida ishchilar neolit davriga mansub qabrni buzib tashlab, uning o‘rnida hordiq uchun mo‘ljallangan beton o‘rindiq o‘rnatdi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Quruvchilar olti ming yil avvalgi sag‘anani keraksiz tosh uyumlari deb o‘ylagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, sag‘ana madaniy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan va qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan ekan.
Mahalliy ma’murlar mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)