Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning “Sheremetyevo” aeroporti aktivlarini konsolidatsiya qilish haqidagi buyruqni imzoladi, hujjat huquqiy axborot portalida e’lon qilindi, deb yozadi “Novayagazeta.ru”.
Buyruqda gap “Sheremetyevo” hamda Ponomarenko va Rotenbergning “TPS Avia” guruhiga kiruvchi xususiy kompaniyalarning davlat aktivlarini konsolidatsiya qilish haqida boradi. Konsolidatsiyadan so‘ng davlat birlashgan kompaniya ustidan nazoratni yo‘qotadi, biroq “Sheremetyevo xalqaro aeroporti” OAJning kamida 30 foizini saqlab qoladi.
Izoh (0)