Boliviya prezidenti Evo Morales ijtimoiy tenglik tamoyilini buzishda ayblandi, deb xabar beradi The Daily Mirror.
Davlat rahbarining qo‘riqchisi uning oyoq kiyimi bog‘ichini bog‘lab qo‘yganligi tasvirga olingan video internet tarmog‘ida tarqaldi. Bu paytda prezident suhbatdoshi bilan so‘zlashishda davom etgan.
“Prezident o‘zini xayoliga kelgan har qanday ishni qilishi mumkin bo‘lgan xudo, deb hisoblaydi”, — deydi parlament deputati Arturo Murilyo.
Video Moralesning Boliviya markaziy qismida joylashgan Kochabamba shahridagi sport markaziga tashrifi chog‘ida tasvirga olingan. Hukumat manbalaridan birida aytilishicha, davlat rahbariga xavfsizlik nuqtai nazaridan egilish taqiqlangan.
Izoh (0)