Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasidagi shaharlardan birida yerosti kommunikatsiyalarining yemirilishi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi. Hodisa 22-avgust, shanba kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Kuzatuv kameralari trotuar o‘rtasida o‘ra hosil bo‘lgan paytni tasvirga tushirgan. Videoda to‘rt kishi o‘raga qulagani, bir ayol esa uning chetiga ilinib qolishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa ishtirokchilarining barchasi tirik qolgan, voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)