Neftning WTI (West Texas Intermediate) turi narxi Nyu-York birjasidagi savdolar chog‘ida 2,76 foizga, ya’ni barreli uchun 40,18 dollarga tushdi. Bunday pasayish 1986-yildan beri kuzatilayotgan eng uzoq muddat —uzluksiz sakkizinchi hafta davom etmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Mutaxassislar fikricha, AQShda xom neft zaxiralari yetarlidan ortiq ekanligi va OPEK mamlakatlarida neft qazib olishning yuqori darajasi saqlanib qolayotgani bunday vaziyatga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)