Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya bilan chegaradosh bo‘lgan bir nechta shaharlarda 60 kunlik favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bu yaqinda uch nafar harbiy xizmatchi va bir mahalliy fuqaro yaralanganidan so‘ng huquqiy tartibni qayta tiklash uchun amalga oshirilmoqda.
Shu tariqa, avvalroq yopilgan Kolumbiya bilan chegaradosh ba’zi uchastkalar yopiqligicha qoladigan bo‘ldi.
Davlat rahbari Kolumbiya va Venesuela tashqi ishlar vazirlarining avvalroq 14-sentabrga mo‘ljallangan uchrashuvini yaqin dushanba yoki seshanba kuni o‘tkazish zarurligiga ishonch bildirdi. U, shuningdek, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos bilan chegaradosh hududlardagi vaziyatni muhokama qilish uchun oliy darajada uchrashuv o‘tkazish ehtimoli haqida gapirdi.
Izoh (0)