AQSh prezidenti Barak Obama o‘rmon yong‘inlari tufayli Vashington shtatida favqulodda holat rejimini kiritdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Obama, shuningdek, 13-avgustdan buyon o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘layotgan hududlarga shtat va shahar hukumatlari darajasida kurashni kuchaytirish uchun federal yordam yo‘naltirishga buyruq berdi. Shu tariqa, endi qator federal muassasalar tabiiy ofat bilan kurashishga qo‘shilish majburiyatini oldi.
Ta’kidlanishicha, yong‘inlar bilan nafaqat Vashington, balki Montana, Oregon, Aydaxo va Kaliforniya shtatlarida kurashilmoqda. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan jami 71 nafar yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassis AQShga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)