Ijtimoiy tarmoqlarda kampaniyalarning qiymatini baholash bilan shug‘ullanuvchi Opendorse kompaniyasi Milliy basketbol assotsiatsiyasining yetakchi o‘yinchilari akkauntlari ustida tadqiqot o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Opendorse fikricha, Twitter’da 23,2 million obunachiga ega Lebron Jeymsning har bir posti deyarli 140 ming dollar qiymatga ega.
“Uni 23 million kishi o‘qiydi. Bu TVdagi reklama roligidan besh barobar katta auditoriyadir”, — dedi Opendorse bosh direktori.
Ushbu kompaniya maxsus ishlab chiqilgan algoritmlar bo‘yicha taniqli kishilarning ijtimoiy tarmoqlardagi xatti-harakatlarini pulga chaqadi.
Izoh (0)