O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Kanadaning Vankuver shahrida davom etayogan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat turnirning chorak finaliga chiqdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Farrux ikkinchi davra uchrashuvida Ilya Marchenkoni 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Taqqoslash uchun, ukrainalik tennischi dunyo reytingida 119, Do‘stov esa 161-o‘rinni egallab turibdi.
Endi yarim finalga chipta beruvchi uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi hindistonlik Yuki Bxambriga qarshi kortga chiqadi. Yuki ATP reytingida 149-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)