AQShning Kaliforniya shtatida Bubba laqabli mushuk talabaga aylandi. Bu haqda “Echo.msk.ru” xabar bermoqda.
Mashable nashri xabariga ko‘ra, mushukka Leland oliy maktabi hamda Breyet Gart o‘rta maktabining talabalik guvohnomalari taqdim etilgan. Olti yoshli mushuk mazkur muassasalardagi darslarga muntazam qatnaydi.
Mushukning darsxonalarga kirishiga ruxsat berishadi, hatto uni ovqatlantirishadi ham. Kechasi esa jonivor o‘z uyiga qaytadi. Bundan tashqari, Bubba boshqa ta’lim oluvchilar bilan birga tez-tez futbol maydoniga ham borib turadi.
Izoh (0)