AQSh va Janubiy Koreya qiruvchi samolyotlari KXDRning Janubiy Koreyadagi Pxenyanga qarshi qaratilgan tavshiqotni amalga oshiruvchi ovoz kuchaytirgichlarni yo‘q qilish bo‘yicha ehtimoliy zarbalarini oldini olish maqsadida aviamashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mazkur parvoz Janubiy Koreya va AQSh qurolli kuchlarining birlashgan harbiy qudratini namoyish etish maqsadida amalga oshirildi”, — dedi Janubiy Koreyadagi harbiy manba.
Harbiy mashg‘ulotlarda AQShning to‘rtta F-16 va Janubiy Koreyaning to‘rtta F-15K qiruvchi samolyotlari qatnashdi, ular dushman nishoniga havo zarbasini berish bo‘yicha ko‘nikmalar ustida ishladi.
Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya KXDRning harbiy harakatlariga “qattiq zarba” berish borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)