Checheniston 2015-yil 21-avgustdan boshlab elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshladi. Respublika rahbari Ramzan Qodirovning o‘z blogida ma’lum qilishicha, Itum-Kalin tumanidagi Argun daryosiga Kokadoy kichik GESi qurilgan.
“GES quvvati 1,3 megavatt, undagi boshqaruv to‘liq avtomatlashtirilgan. Stansiyaning atrof-muhitga zararli ta’siri yo‘q”, — deydi Ramzan Qodirov. Hozirgi vaqtda respublika poytaxti Grozniyda quvvati 400 megavattga teng issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlangan.
Qayd etish joiz, Grozniy va Argunda joylashgan Chechenistonning barcha — to‘rtta elektr stansiyasi bundan 20 yil avval, respublika hududidagi jangovar harakatlar vaqtida buzib tashlangan edi.
Izoh (0)