Koronavirusga qarshi kurash uchun yangi vaksina AQShda qator tajribalardan muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Bu haqda Saudiyaning Arab Times nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tadqiqotlar bilan Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabi ilmiy xodimlari shug‘ullanmoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vaksina sinovdan o‘tkazilgan jonivor—maymunlarni 100 foiz asrab qolgan va ularda virusga qarshi immunitet shakllangan.
Olimlarning ta’kidlashicha, vaksina odamlar orasida epidemiya ro‘y bergan paytda virus tarqalishi darajasini pasaytirishi, shuningdek, tibbiyot xodimlarini himoya qilishda yordam berishi lozim. Ayni paytda koronavirusdan vaksina mavjud emas.
Izoh (0)