Xitoylik bola 16 metrlik sharsharadan qulab, omon qoldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.
Hodisa Guychjou viloyatining Bitsze shahrida yuz berdi. Ismi oshkor etilmayotgan bolakay do‘stlari bilan daryo bo‘yida o‘ynayotgan edi. U o‘zan ustidan sakrab o‘tish vaqtida muvozanatni yo‘qotib, suvga tushib ketgan, tezkor oqim esa uni tezda sharsharagacha oqizib ketgan.
Bolakay sharsharadan qularkan, yo‘l-yo‘lakay bo‘rtib chiqqan toshni tutib qolgan va uning ustiga chiqib olib, politsiya xodimlarining kelishini kutib turgan. Tartib posbonlaridan biri o‘zini arqon bilan bog‘lab, bolaning oldiga tushgan va uni olib chiqqan.
Bola qandaydir jarohat olgan-olmagani ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)