Yaponiyada imperator Akixitoning nabirasi – malika Kakoga tahdidli xat yo‘llagan kimsa qo‘lga olindi. Maktub iyun oyi oxirida malika tahsil olayotgan Tokiodagi Xalqaro nasroniy universitetiga jo‘natilgan. Bu haqda "TASS" xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan 33 yoshli erkak sobiq hamkasbiga “saboq berib qo‘yish” maqsadida uning tashrif qog‘ozini konvert ichiga solib qo‘yganini tan olgan.
Kako —shahzoda Akisino Fumixito va malika Akisino Kikoning farzandi. 20 yoshli malikaning Mako ismli opasi va Xisaxito ismli ukasi bor.
Izoh (0)