AQShning Fergyuson shahrida politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng joriy etilgan favqulodda holat bekor qilindi. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Shahar prokuraturasi politsiyachilar bilan to‘qnashuvlarga kirishgan 18 yoshli qora tanli Tayron Xarrisga nisbatan ayblov e’lon qildi. 11—12-avgust, seshanba va chorshanba kunlari Fergyusonda osoyishtalik hukm surdi, politsiya hech kimni hibsga olgani yo‘q.
Izoh (0)