AQShning Kaliforniya shtatidagi Yosemit milliy parkida uxlab yotgan chodiriga daraxt qulashi oqibatida ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda KTLA telekanaliga tayanib, "TASS" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, chodir kemping uchun mo‘ljallangan maxsus maydonda joylashtirilgan. Daraxt qulagan payt u yerda bolalarning ota-onasi bo‘lmagan.
Milliy park rahbariyati Kaliforniyada qatorasiga to‘rtinchi yil davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli daraxt ildizi mo‘rtlashib, qulab tushganini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu muddat mobaynida shtatda jami 12 millionga yaqin daraxt qurigan.
Izoh (0)