Rossiyaning “qora ro‘yxati”ga tushgan mamlakatlardan kelgan taqiqlangan (sanksiyaga tushgan) oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi yo‘q qilinadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bunda gap 13-avgust kuni Rossiyaning sanksiya ro‘yxatiga qo‘shilgan besh mamlakat haqida ham bormoqda. Xususan, agar Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan uyushish to‘g‘risidagi bitimning iqtisodiy qismini ratifikatsiya qilsa, Ukraina mahsulotlari ham chegarada yo‘q qilinadi.
13-avgust kuni mahsulotlarini Rossiyaga import qilish taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga yana besh davlat — Albaniya, Chernogoriya, Islandiya, Lixtenshteyn va Ukraina qo‘shilgandi. “Rosselxoznadzor” embargoga tushgan mamlakatlar o‘rniga o‘rinbosarlar topganini ma’lum qilmoqda.
Izoh (0)