Tojikiston Gidrometeorologiya davlat muassasasi kelasi hafta mamlakat janubida havo harorati 44 darajagacha isishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “News.tj” xabar bermoqda.
Idora axborotida qayd etilishicha, 18-avgustdan 20-avgustga qadar Tojikistonda havo harorati o‘sishi kutilmoqda. Mazkur kunlarda vodiylarda havo harorati 42 darajagacha, Xatlon viloyatidan janubda esa 44 darajagacha isishi mumkin.
Tojikistonning tog‘li hududlarida, xususan, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, shu sababli ham mazkur hududlarda sel xavfi saqlanib qoladi.
Izoh (0)