Toshkentda 11-avgust, seshanba kuni “Paxtakor” klubining 1979-yilgi aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan a’zolarini xotirlash tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
Dastlab “Paxtakor” stadionidagi yodgorlik oldida jamoaning aksariyat a’zolari oilasi va yaqinlari, murabbiy va mutaxassislar, muxlislar, klublar, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari, ayni paytda Oliy Liga klublarida to‘p surayotgan futbolchilar jam bo‘lishdi.
Mirzahakim To‘xtamirzayev, Salim Eshmuhammedov va Murod Aliyev o‘sha jamoa haqida o‘z fikrlari va xotiralarini so‘zlab berdi. Keyin barcha Botkin qabristoniga yo‘l oldi.
U yerda esa O‘FF Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, To‘lagan Isoqov va Alla Tazetdinova jamoa to‘g‘risida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng marhum futbolchilarning qabrlariga gullar qo‘yildi.
“11-avgustda, kun davomida ‘Paxtakor-79’ xotirasiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)