Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Qirg‘iziston Respublikasining 2014-yil 29-maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilgani haqidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Knews.kg” xabar bermoqda.
Qirg‘izistonning YeOIIga qo‘shilishi haqidagi qonunlarni birinchi bo‘lib Armaniston prezidenti Serj Sargsyan va Rossiya rahbari Vladimir Putin imzolagan edi. Keyinroq ular safiga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘shilgandi.
Avvalroq YeOIIga a’zo barcha mamlakatlarning parlamentlari Qirg‘izistonning ittifoqqa qo‘shilishi haqidagi bitimni ratifikatsiya qilgandi.
Izoh (0)