Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh tomonidan Suriyadagi muxolifat kuchlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risida paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirar ekan, “Moskvada Suriya muxolifatiga moliyaviy va texnik ko‘mak berish bu mamlakatdagi beqarorlik kelgusida ham davom etishiga olib kelishi ko‘p bor ta’kidlangan”, deya bayon qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifatiga havodan yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)