Suriya shimoli-g‘arbidagi Erixa shahrida mamlakat armiyasi qiruvchi samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sky News Arabia telekanalining ta’kidlashicha, Suriya harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG samolyotini “Jaysh al-Fatx” guruhi jangarilari urib tushirgan. Harbiylar samolyot qulaganini tasdiqladi, ammo buning oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot bermadi.
Izoh (0)