“Koloradolik mergan” sifatida taniqli bo‘lgan amerikalik Jeyms Xolmsni o‘lim jazosiga mahkum etishga ruxsat berishdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Sud maslahatchilari uni shafqatga loyiq emas deb topdi. Himoya tomoni majburiy davolashni so‘radi.
Avvalroq Kolorado shtati sudi 2012-yilda kinoteatr binosida otishma uyushtirgan Jeyms Xolmsni unga nisbatan qo‘yilgan ayblovning barcha 165 ta bandi bo‘yicha aybdor deb topgan edi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2012-yilda u kinoteatrda Betmen haqidagi film premyerasida otishma uyushtirgan, natijada 12 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi yaralangan edi.
Izoh (0)