AQShga qo‘shilgan davlat bo‘lmish Puerto-Riko o‘z majburiyatlari bo‘yicha defolt holatini e’lon qildi, deya xabar bermoqda CNN. U 58 million dollarlik to‘lovlardan biri uchun atigi 628 ming dollar to‘ladi.
3,5 million aholiga ega Puerto-Riko kreditorlardan jami 70 milliard dollar qarz bo‘lib qoldi. Gubernator Alexandro Garsiya Padilya hukumat butun qarzni to‘lay olmasligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Puerto-Riko iqtisodiyoti “o‘lim spirali”da turibdi. U ishchi guruh tuzib, yoz oxirigacha aksilinqiroz rejasini tuzishga kirishdi.
Izoh (0)