Mail.ru Group kompaniyasi asoschilaridan biri Yuriy Milner DST Global V investitsiya fondiga 1,7 milliard dollar mablag‘ jalb etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Badalning sotilishi 2015-yil 17-iyul kuni bo‘lib o‘tgan. Fondning jami mablag‘lari miqdori oshkor etilmayapti. Bu Milnerning hisob bo‘yicha beshinchi invest-fondi bo‘ldi.
Milnerning fondlari texnologik kompaniyalar va startaplarga sarmoya kiritadi. Shuningdek, mazkur ishbilarmon fan sohasidagi bir qator mukofotlar ta’sischisi hisoblanadi. Yuriy Milner birinchi Digital Sky Technologies fondini 2005-yili milliarder Alisher Usmonov bilan birgalikda tashkil etgan.
Izoh (0)