Qozog‘istonning Chimkent shahrida ilon uyga sudralib kirib, to‘tiqushni yeb qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
112 tezkor pultiga xavotirli qo‘ng‘iroq bo‘lib, ilon uyga sudralib kirgani haqida xabar kelib tushgach, dispetcher o‘zboshimchalik bilan harakat qilmaslikni so‘radi va zudlik bilan mutaxassislar yetib borishini aytdi.
Janubiy Qozog‘iston viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining tezkor-qutqaruv otryadi mutaxassislari sudraluvchini tutish uchun maxsus asboblar bilan qurollanib, voqea joyiga yetib keldi va ilon to‘tiqushni yeb qo‘yganini ko‘rdi. Taxminlarga ko‘ra, u uyga ochiq eshikdan kirib, oshxonaga o‘tgan va sovitgich ustiga sudralib chiqib olgan.
Izoh (0)