Qozog‘istonning Akmola viloyati, Makinsk shahrida hudud politsiyachisi yordamchisi avval turmush o‘rtog‘ini, so‘ng o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda "Interfaks-Qozog‘iston" agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.
Fojia 4-avgust, seshanba tongida politsiya kapitani xonadonida ro‘y bergan. Ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, jumladan, qurol nima uchun politsiyachida ishda yo‘q payti bo‘lgani tekshirilmoqda.
Halok bo‘lgan er-xotinning uch yoshli bolasi qolgan.
Izoh (0)