Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim De Junning bevasi Shimoliy Koreyaga borish niyatida. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar berdi.
93 yoshli Li Xi Xo Pxenyanda 5—8-avgust kunlari bo‘ladi. Xonim bolalar kasalxonasi, tug‘uruqxona va bolalar uyida bo‘lishi rejalashtirilgan. Tashrif ijtimoiy maqsadni ko‘zda tutgan, biroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashish ehtimoli ham yo‘q emas.
Izoh (0)