Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe sog‘liqni saqlash vazirligi Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) virusi avj olishiga tezkorlik bilan chora ko‘rmagani uchun tanqidga uchragach, muassasa rahbariyatini o‘zgartirdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Mun Xyun Pxyo iste’foga chiqadi, uning o‘rnini tibbiyot professori Chxun Chxin Yub egallaydi.
O‘tgan hafta mamlakat rahbariyati virusli infeksiyaning avji nihoyasiga yetgani va boshqa yuqtirib olish holatlari yo‘qligini e’lon qildi.
Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat 20-may kuni qayd etilgan. O‘shandan buyon 36 bemor vafot etgan.
Izoh (0)