2-avgustga o‘tar kechasi xudkush terrorchi Turkiya sharqidagi Agra provinsiyasida politsiya uchastkasini portlatib yubordi, deya xabar bermoqda Daily Sabah. Natijada ikki askar halok bo‘ldi, 24 nafari jarohatlandi.
Gazeta yozishicha, terrorchi hududga ikki tonna portlovchi modda ortilgan traktorda kirib kelgan. Turkiya hukumati fikricha, hodisaga mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasining jangarilari aloqador.
Izoh (0)