O‘zbekiston Fanlar akademiyasining S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari qondagi qand miqdorini samarali ravishda kamaytiruvchi ayulin vositasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “UZ24”.
Preparat insulin ta’sirini kuchaytiradi, glyukozaning jigarda yaxshiroq ishlanishini ta’minlaydi va uning faolligini oshiradi, uglevodlar zaxirasi — glikogen hosil bo‘lishiga yordam beradi, organizmdagi oksidlanish va qayta tiklanish jarayonini tartibga soladi, keksa yoshdagi kishilarda hayotiy faollikni oshiradi.
Dorini institutning tajriba bazasida seriyali ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)