Bokuda Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston ekspertlari Iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha milliy maqbul harakatlar (Nationally appropriate mitigation action, NAMA)ni muhokama qildi, deb yozadi “Review.uz”. Ushbu muammo bo‘yicha muhokama Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida o‘tkazildi.
“NAMA energetika va transportdagi karbon ajralmalarni kamaytirish bo‘yicha choralarga kapital jalb qilish hamda iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Uch davlat, shuningdek, ushbu sohadagi monitoring va nazorat metodikasini muhokama qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)