AQShning Viskonsin shtati g‘arbida joylashgan Emeri shahri yaqinida Beechcraft M35 kichik samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yerdagilardan hech kimga jabr yetmagan. Aviahalokat sabablari hozircha ma’lum emas.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini e’lon qilgan.
Izoh (0)