Somali poytaxti Mogadisho shahrida ro‘y bergan kuchli portlash natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy politsiya vakiliga tayanib.
Portlash shahar markazida, “Jazira” mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Somali xavfsizlik xizmati mehmonxona yaqinidagi portlashni terrorchilik harakati deb baholamoqda. Hodisa yuzasidan javobgarlikni “Ash Shabob” ekstremistik guruhi o‘z bo‘yniga oldi. Radikallar bundan avval ham bir necha marta “Jazira” mehmonxonasiga hujum uyushtirgan.
Izoh (0)