Buyuk Britaniya parlamentining lordlar palatasi a’zosi Jon Syuell 26-iyul kuni narkotiklar iste’mol qilish ayblovi tufayli o‘z vakolatini topshirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashr eslatishicha, avvalroq The Sun gazetasi videoyozuv e’lon qilgan, unda 69 yoshli Syuell noma’lum ayol bilan ulfatchilikda kokain qabul qilayotgani aks etgan edi.
Lord Syuellning vakili so‘zlariga ko‘ra, unga qaratilgan ayblovlar London politsiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Nashr ta’kidlashicha, Syuell Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Blerning asosiy ittifoqdoshlaridan biri bo‘lgan.
Izoh (0)