Pentagon F-35 qiruvchi samolyotining 25 millimetrli to‘pidan jangovar aslahalardan foydalangan holda o‘q otilishini birinchi bor namoyish etdi. Sinovlar aks etgan video AQSh Harbiy havo kuchlarining YouTube'dagi rasmiy kanalida joylashtirildi. Bu haqda BGR portali xabar bermoqda.
Portalning ta’kidlashicha, beshinchi avlod qiruvchi samolyoti qanoti ostiga yashiringan GAU-22/A to‘pining tezligi soniyada 55 ta o‘q otishga teng. F-35 bortidagi aslahalar zaxirasi atigi 220 dona ekanligini hisobga olsa, ularning barchasini to‘rt soniyada tugatish mumkin. Qiruvchi 26-iyul, yakshanba kuni yakuniga yetgan Viskonsin shtatidagi AirVenture 2015 aviashousida ilk bor ommaga ko‘rsatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanishga tayyor F-35 qiruvchilari AQSh dengiz piyodalari korpusi aviatsiya qismlari ixtiyoriga yaqin haftalar mobaynida yuboriladi. Shuningdek, samolyotni bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya va Isroilga yetkazib berish yuzasidan ham shartnomalar tuzilgan.
https://youtu.be/CFoJ93Kb5z0
Izoh (0)