AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton shaxsiy pochta manzili orqali maxfiy ma’lumotlar jo‘natganligi yuzasidan unga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“Men o‘sha paytda maxfiy bo‘lgan hech narsani jo‘natmaganman va qabul qilmaganman”, — deya ta’kidlagan xonim Ayova shtatida tarafdorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.
23-iyul, payshanba kuni maxfiy xizmatlarni nazorat etish bilan shug‘ullanuvchi bosh inspektor Charlz Makkalou Kongressga yo‘llagan xabarida Klintonning 30 mingta xati orasidan tanlab olingan 40 ta maktubda hukumat tomonidan maxfiy hisoblangan ma’lumotlar mavjud kamida to‘rtta xat aniqlanganini ma’lum qilgan.
Inspektor ma’lumotlar aynan o‘sha, jo‘natilgan paytida maxfiy hisoblanganiga aniqlik kiritib o‘tdi.
Izoh (0)