Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya 31-iyul kuni Tokioda Koreya yarim orolidagi yadro muammosi haqidagi olti tomonlama muzokaralarda o‘z delegatsiyalari rahbarlari uchrashuvini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tokiodagi uch tomonlama uchrashuvda yaqin ittifoqdoshlar delegatsiyalari rahbarlari Shimoliy Koreyadagi oxirgi vaziyat bo‘yicha fikr almashadi hamda bir-biri bilan yaqin hamkorlik qilish niyatini tasdiqlaydi.
“Oltilik” muzokaralari Pekinda Rossiya, Xitoy, AQSh, Yaponiya, KXDR va Koreya Respublikasining yuqori lavozimli diplomatlari ishtirokida 2003—2009-yillarda o‘tkazilgan. Biroq Pxenyan yadro ishlanmalarini to‘xtatish maqsadiga erishilmagan edi.
Izoh (0)