O‘zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g‘olibi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan 59 ovoz olib, iyun oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Keyingi o‘rinni 56 ochko olgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan egalladi. Kuchli uchlikni 50 ochko bilan “Lokomotiv” ustozi Vadim Abramov yakunlab berdi.
Iyun oyida 4 ta o‘yinda 4 ta gol urgan “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 47 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni “Qizilqum” hujumchisi Baxriddin Vahobov band etdi – 40 ochko. “Nasaf” hujumchisi Ilhom Shomurodov 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Izoh (0)