Yangi zelandiyalik 12 yoshli Kivi Izabel ismli qiz oyparastlikning o‘tkir shakliga chalingan va uyqusida nafaqat yurishga, balki pianino chalishga ham qodir, deb yozadi “Nur.kz”.
Qarindoshlari tomonidan olinib, YouTube’ga joylangan videoda qiz pianino qopqog‘iga peshonasi bilan tayangan holda uni chalishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Kivi bir necha akkord chalganidan so‘ng uning uxlayotganiga ishonch hosil qilish mumkin. Rolik so‘ngida esa Izabelning xurrak otayotgani aniq-ravshan eshitiladi.
Izoh (0)