AQSh prezidenti Barak Obama Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan telefon suhbatida Xitoyning Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralardagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi, deya xabar bermoqda “TASS” Oq uy tarqatgan bayonotga tayanib.
“Ikkala yetakchi AQSh va Xitoyning bitimlarga rioya qilinishini ta’minlashdagi hamkorligini davom ettirish zaruriyati haqida kelishib oldi”, — deyiladi hujjatda.
Obama Si Szinpinning AQShga sentabrda qiladigan rasmiy tashrifini “intiqlik bilan kutishi”ni ta’kidladi.
Izoh (0)