Turkmanistonda dunyo bo‘yicha kashandalarning eng kam foizi (aholining 8 foizi) qayd etilgan. Bu haqda 21-iyul, seshanba kuni Ashxobodda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Margaret Chen ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Salomatlik” davlat dasturining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro tibbiy anjumanda qatnashgan bosh direktor mamlakat va tashkilot o‘rtasida chekishga qarshi kurash borasidagi hamkorlik samarali kechayotganini bildirdi.
“2011-yil martida BSSTning tamakiga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shildingiz. Tashkilotimizning yaqinda o‘tkazgan tadqiqotlari esa Turkmanistonda aholining atigi 8 foizi chekishini ko‘rsatdi. Bu butun dunyodagi eng past ko‘rsatkich”, — deya ta’kidlab o‘tgan Chen xonim.
Izoh (0)