Shimoliy Koreya yadro quroli masalasida o‘zini Eron bilan tenglashtirmasliklarini talab etadi. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligi vakilining 21-iyul, seshanba kuni bergan bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bizning yadroviy kuchlarimiz muzokaralar chog‘ida savdolashish uchun vosita emas, balki mustaqilligimizni himoya qilishning zaruriy himoya qurolidir”, — deya ta’kidlagan vakil.— AQShning mamlakatimizga nisbatan tajovuzkorona munosabati o‘zgarmas ekan, Shimoliy Koreya yadroviy kuchlari masalasida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi”.
Uning aytishicha, Pxenyan yadro dasturining “muzlatilishi” yoki undan bir tomonlama voz kechish yuzasidan maslahatlashuvlarga umuman muhtoj emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Davlat departamenti Eron bilan tuzilgan kelishuv Shimoliy Koreya o‘z yadro dasturini qayta ko‘rib chiqishiga undashiga umid bildirgan edi.
Izoh (0)