Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Donbassdagi Boeing aviahalokati bo‘yicha o‘z rezolyutsiyasi loyihasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru”.
“Biz konsultatsiya o‘tkazish jarayonidamiz. Biz o‘z rezolyutsiyamiz loyihasini taqdim etdik. Buni muhokama qilish uchun yig‘ilish chaqirdik”, — dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya BMTning Donetsk yaqinida Boeing’ning halokatga uchragani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xalqaro tribunal tashkil etish haqidagi rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqqan edi.
Izoh (0)