AQSh Senati komissiyasi FIFA prezidenti Yozef Blatterni so‘roq qilish uchun Xalqaro futbol tashkilotidan yordam so‘ragan, deb xabar qiladi Reuters.
Senator Jerri Moranning vakili Garrett Ternerning aytishicha, Senat FIFAga murojaat qilib, Blatterning guvohlik berishini so‘ragan, ammo tashkilot rad javobi bergan.
Tashkilotning rad javobi berishiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmadi.
Blatter 1998-yildan beri FIFAni boshqarib keladi. Joriy yilning 29-may kuni u 5-muddatga qayta saylangandi, ammo korrupsion mojarolar tufayli 2-iyun kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Yangi rahbar tayinlanguniga qadar Blatter FIFAni vaqtincha boshqarib turibdi.
Izoh (0)