12-iyulga o‘tar kechasi Hindiston hukumati qo‘shinlari tomonidan Jammu va Kashmir shtatidagi nazorat chizig‘idan o‘tmoqchi bo‘lgan uch nafar terrorchi yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda “TASS” NDTV milliy telekanaliga tayanib.
Hindiston tomoni xabariga ko‘ra, Kashmirda nazorat chizig‘i joylashgan baland tog‘ dovonlaridan qorlar erib tusha boshlagach, terrorchilik guruhlari faolligi keskin oshgan. Bu 25-maydan buyon Pokiston tomonida turib chegarani kesib o‘tish uchun bo‘lgan to‘rtinchi urinishdir.
Izoh (0)