Eronlik chegarachilar mamlakat sharqida qurollangan terrochilar guruhini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda “TASS” Islom Respublikasi chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general Qosim Rizoiyga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruh Mirjave shahri hududida chegarani kesib o‘tgan va eronlik chegarachilar bilan jangga kirishgan.
Rizoiy guruh tarkibida turli mamlakatlarning jangovar harakatlar olib borish va teraktlar uyushtirishda tajribaga ega bo‘lgan yollanma askarlari bo‘lganligini aytdi.
Jangarilar ma’muriyat vakillariga qarshi terrorchilik harakatlarini rejalashtirgan, shuningdek Eronning ba’zi shaharlarida portlashlarni amalga oshirish niyatida bo‘lgan.
Izoh (0)